Bu bo‘limda biogumus haqida eng ko‘p so‘raladigan savollar jamlangan. Siz mahsulotning ta’siri, tuproq va hosilga foydasi hamda nima uchun u eng samarali organik o‘g‘it ekanini bilib olasiz.
Biogumus — bu tabiiy, organik o‘g‘it bo‘lib, tuproqni “tirik” holatga keltiradi. U o‘simlik o‘sishini tezlashtiradi, hosilni oshiradi va tuproqni organik moddalar bilan boyitadi.
Biogumus urug‘larning tez unib chiqishiga yordam beradi, ildiz tizimini mustahkamlaydi va o‘simlikning sog‘lom rivojlanishini ta’minlaydi. Natijada hosil miqdori va sifati oshadi.
Ha. Biogumus tarkibidagi foydali bakteriyalar chirishga sabab bo‘luvchi va patogen bakteriyalar sonini kamaytiradi. Bu o‘simliklarni tabiiy yo‘l bilan himoya qiladi.
Biogumus tuproqni yumshatadi, zichlashishini oldini oladi va suv hamda havo o‘tkazuvchanligini oshiradi. Shu bilan birga tuproq namligini uzoq vaqt saqlab turadi.
Mineral o‘g‘itlar tuproqni vaqtincha oziqlantiradi, ammo foydali mikroorganizmlarga zarar yetkazadi. Biogumus esa tuproq mikroflorasini tiklaydi va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.